18/06/2025

     Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Andijon viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklarda ro‘yxatga olingan otlarning umumiy bosh soni 7 557 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 187 taga ko‘paygan.
Eng ko‘p otlar soni Qo‘rg‘ontepa (1 028 ta) va Jalaquduq (722 ta) tumanlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda otchilik faoliyati yaxshi rivojlanganini anglatadi.

Hududlar kesimida mavjud otlar bosh soni quyidagicha:

Andijon shahri – 154 ta
Xonobod shahri – 78 ta
Oltinko‘l tumani – 261 ta
Andijon tumani – 443 ta
Baliqchi tumani – 520 ta
Bo‘ston tumani – 495 ta
Buloqboshi tumani – 381 ta
Jalaquduq tumani – 722 ta
Izboskan tumani – 510 ta
Ulug‘nor tumani – 252 ta
Qo‘rg‘ontepa tumani – 1 028 ta
Asaka tumani – 662 ta
Marxamat tumani – 522 ta
Shahrixon tumani – 377 ta
Paxtaobod tumani – 530 ta
Xo‘jaobod tumanida – 622 ta