03/06/2025

Bir kilogram palovga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi kuzatuv natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymati (2025 yil may oyi uchun):

Qoraqalpog‘iston R. – 96 700 so‘m

Andijon viloyati – 103 300 so‘m

Buxoro viloyati – 106 600 so‘m

Jizzax viloyati – 108 200 so‘m

Qashqadaryo viloyati – 108 800 so‘m

Navoiy viloyati – 107 400 so‘m

Namangan viloyati – 107 500 so‘m

Samarqand viloyati – 110 000 so‘m

Surxondaryo viloyati – 108 300 so‘m

Sirdaryo viloyati – 103 500 so‘m

Toshkent viloyati – 110 700 so‘m

Farg‘ona viloyati – 113 500 so‘m

Xorazm viloyati – 104 000 so‘m

Toshkent shahri – 114 500 so‘m

Bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlar:

kungaboqar yog‘i – 0,3 l

piyoz – 300 gr

mol go‘shti – 700 gr

sabzi – 1 kg

guruch – 1 kg

noxat – 100 gr

zira – 10 gr

osh tuzi – 20 gr

❗️Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogram palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.