Select any text and click on the icon to listen!

28/05/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Andijon viloyatida 30,2 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga o‘sib, sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 107,2 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati quyidagicha:

Andijon shahri – 4 988,1 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 112,5 %.

Xonobod shahri – 1 235,1 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 109,5 %.

Oltinko‘l tumani – 671,4 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 110,9 %.

Andijon tumani – 445,7 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 108,2 %.

Baliqchi tumani – 1203,1 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 110,2 %.

Bo‘ston tumani – 309,3 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 110,2 %.

Buloqboshi tumani – 547,5 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 121,4 %.

Jalaquduq tumani – 646,4 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 115,1 %.

Izboskan tumani – 365,7 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 113,6 %.

Ulug‘nor tumani – 285,3 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 114,4 %.

Qo‘rg‘ontepa tumani – 1 110,7 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 114,6 %.

Asaka tumani – 13 169,4 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 95,6 %.

Marxamat tumani – 582,6 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 116,5 %.

Shahrixon tumani – 1 136,6 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 115,3 %.

Paxtaobod tumani – 664,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 116,7 %.

Xo‘jaobod tumani – 1 029,6 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 112,8 %.

 2025-yilning yanvar–aprel oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 million 699,2 ming so‘mni tashkil etdi.

 Ushbu davrda kichik biznes subyektlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 30,8 % ini tashkil qildi. Bu kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotda muhim o‘rin egallayotganidan dalolat beradi.

Select and listen