Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–aprel oylarida Andijon tumani iqtisodiyotida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy o‘sish kuzatildi.
Quyidagi ko‘rsatkichlar buni yaqqol tasdiqlaydi:
Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 445,7 mlrd so‘m
– Fizik hajm indeksi: 108,2 %
Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 279,3 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 104,4 %
Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 629,2 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 109,2 %
Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 551,3 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 113,8 %
Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 28,4 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 144,4 %
Eksport
– Hajmi: 8,2 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 118,9 %
Import
– Hajmi: 20,1 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 158,3 %
Korxona va tashkilotlar faoliyati
2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, Andijon tumanida jami 2 140 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Shundan 1 789 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi, bu umumiy tashkilotlarning qariyb 83,6 foizini tashkil etadi.
Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borayotganidan dalolat beradi va iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarida faollik kuzatilayotganini ko‘rsatadi.