Select any text and click on the icon to listen!

19/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 707,3 ming nafarni tashkil etgan.

📈 Ushbu ko‘rsatkichni 2015/2016-o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

— 2015/2016- o‘quv yili boshiga - 263,9 ming nafar;

— 2016/2017- o‘quv yili boshiga - 267,9 ming nafar;

— 2017/2018- o‘quv yili boshiga - 287,5 ming nafar;

— 2018/2019- o‘quv yili boshiga - 313 ming nafar;

— 2019/2020- o‘quv yili boshiga - 360,1 ming nafar;

— 2020/2021- o‘quv yili boshiga - 441,8 ming nafar;

— 2021/2022- o‘quv yili boshiga - 553,9 ming nafar;

— 2022/2023- o‘quv yili boshiga - 622,6 ming nafar;

— 2023/2024- o‘quv yili boshiga - 661,8 ming nafar;

— 2024/2025- o‘quv yili boshiga - 707,3 ming nafarni tashkil etgan.

Select and listen