Select any text and click on the icon to listen!

12/05/2025

Respondentlar OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘zlari uchun qulay bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tish turini tanlash imkoniyatiga egalar. Quyida ro‘yxatdan o‘tish turlari va ularning qisqacha tavsifi bilan tanishish mumkin:
- Login va paroldan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlar OneID tizimida o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda, o‘zlari istagan login va parolni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.
- Mobile-ID dan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlarning shaxsiy telefon raqamlarida Mobile-ID xizmati ulangan bo‘lib, ular telefon raqamlarini kiritishlari va ushbu raqamga kelgan maxsus kodni kiritishlari talab etiladi.
- ERI kalitidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlar jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladigan ERI kalitlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
- ID-kartadan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlar o‘zlarining JSHSHIR raqamlari va parolni kiritishlari talab etiladi. Parol sifatida ERI kalitining tasdiqlash uchun taqdim etilgan paroldan foydalanish talab etiladi. Agarda Respondentda bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa, ular OneID tizimidan qaytadan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ro‘yxatdan o‘tish turlaridan foydalanib ro‘yxatdan o‘tish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lsa, OneID tizimi ularni qayta Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimining Respondentlar shaxsiy kabinetining asosiy sahifasiga yo‘naltiriladilar.
Bundan tashqari, ushbu jarayonda OneID tizimi ushbu Respondentga tegishli bo‘lgan ba’zi shaxsiy ma’lumotlarni Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimiga taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida axborot tizimi shaxslarni identifikatsiyalash jarayonidan o‘tkazadi. Identifikatsiyalash jarayoni axborot tizimiga bo‘ladigan tashqi hujumlar ehtimolini kamaytirib, yolg‘on va tasdiqlanmagan ma’lumotlar kiritilishini oldini oladi.

Select and listen