08/05/2025

 Joriy yilning 8-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025-yildagi “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan «Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-297-son qarorining mazmun–mohiyati bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi.

Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-maydan barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida  «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshirilishi belgilangan.

Qarorga ko‘ra, "Toza qo‘llar" dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlanadi, ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi, aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.