Tizim ushbu quyi tizimlarni o‘z ichiga oladi:
- avtorizatsiya va boshqaruv quyi tizimi;
- ma’lumotlarni yig‘ish va taqdimot quyi tizimi;
- API tizimi orqali ma’lumotlar olish quyi tizimi;
- yig‘ma axborotlarni shakllantirish quyi tizimi;
- so‘rovlarni qayd qilish quyi tizimi. Avtorizatsiya va boshqaruv quyi tizimi onlayn texnik ulanish bo‘yicha joriy ishlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan vaziyat ustidan tezkor nazoratni ta’minlashi va foydalanuvchilar darajalarini taqsimlashga imkoniyat yaratish uchun mo‘ljallangan.
Axborot tizimlari uchun API quyi tizimi axborot tizimlari ma’lumotlar bazalaridan API tizimi yordamida ma’lumotlarni so‘rov orqali olish uchun mo‘ljallangan.
Yig‘ma axborotlarni shakllantirish, quyi ma’lumotlarni darajalarga va sohalarga ajratish bilan yig‘ma axborotlarni shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
So‘rovlarni qayd qilish quyi tizimi orqali har bir so‘rov qayd qilib boriladi va tizimdagi voqealarni jurnaliga yozadi.
- operatorlar yoki respondent “avtorizatsiya va boshqaruv quyi tizimi” orqali avtorizatsiyadan o‘tadi;
- so‘rovnomalarni shakllantirish quyi tizimi orqali avtorizatsiya shartlariga asosan amalga oshiriladi;
- ma’lumotlarni qayta ishlash quyi tizimi orqali mantiqiy nazorat tekshiruvi va so‘rovnomalarni qayta ishlash o‘tkaziladi;
- API tizimi orqali ma’lumotlarni olish quyi tizimi yordamida ba’zi ma’lumotlar avtomatik to‘ldiriladi (Tizimda ma’lumotlarni avtomatik ravishda integratsiya ishlamagan taqdirda qo‘lda kiritiladi);
- so‘rovlarni qayd qilish quyi tizimi orqali har bir so‘rov qayd qilib boriladi;
- yig‘ma axborotlarni shakllantirish quyi tizimi orqali ma’lumotlarni qayta ishlash operatori so‘rov asosida yig‘ma ma’lumotlarni shakllantiradi.
08/05/2025