Statistika boshqarmasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2025-yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi aholining umumiy daromadlari hajmi 17,6 trillion so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,4 trillion so‘mga ko‘paygan.
So‘nggi yillarda aholi daromadlari hajmining o‘zgarishi (yanvar–mart oylarida):
2021-yil – 7,3 trln so‘m
2022-yil – 8,4 trln so‘m
2023-yil – 12,4 trln so‘m
2024-yil – 14,5 trln so‘m
2025-yil – 17,6 trln so‘m
Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi besh yil ichida aholi daromadlari hajmi ikki baravar oshgan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromadlar hajmi esa 5 million 077 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 118,7 % o‘sgan.
Bu o‘zgarishlar viloyatda iqtisodiy barqarorlik va aholining farovonligi oshayotganini ko‘rsatmoqda.