Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 189 827 nafar
sayyohlik – 307 199 nafar
davolanish – 11 764 nafar
o‘qish – 7 437 nafar
xizmat yuzasidan – 3 320 nafar