Viloyat bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2025- yilning yanvar-mart oylari uchun keltirilgan bo‘lib, 2024- yilning mos davri bilan taqqoslangan.
Viloyat kesimida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Jalaquduq tumanida 3 560,4 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 123,6 % ga, Ulug‘nor tumanida 3 266,7 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 121,7 % ga oʻsganligi kuzatildi.
Shuningdek, bu koʻrsatkich Oltinko‘l tumanida 3 671,9 ming soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur'ati 119,9%), Paxtaobod tumanida 4 035,0 ming soʻmni (118,6%), Bo‘ston tumanida 3 168,1 ming soʻmni (118,4%), Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 836,6 ming soʻmni (118,1%) va Andijon shaharda 6 434,9 ming soʻm (117,9%), Andijon tumanda 3 595,5 ming soʻm (117,8%)ni tashkil etgan.