2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 515,3 tonna (2024-yilning mos davriga nisbatan 2,4 % ga ko‘p) baliq ovlandi.
Hududlar kesimida quyidagicha:
Andijon shahri – 3,0 tonna;
Oltinko‘l tumani – 15,7 tonna;
Andijon tumani – 83,6 tonna;
Baliqchi tumani – 18,0 tonna;
Bo‘ston tumani – 26,7 tonna;
Buloqboshi tumani – 65,9 tonna;
Jalaquduq tumani – 36,9 tonna;
Izboskan tumani – 2,0 tonna;
Ulug‘nor tumani – 1 015,6 tonna;
Qo‘rg‘ontepa tumani – 13,5 tonna.
Asaka tumani – 42,3 tonna;
Marhamat tumani – 152,8 tonna;
Paxtaobod tumani – 15,9 tonna;
Xo‘jaobod tumani – 23,4 tonnani tashkil qildi.
Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 65,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini ta‘kidlash lozim.