02/05/2025

Joriy yilning 2 may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining Yuridik xizmati tomonidan Asaka tumanidagi 11-umumta’lim maktabida “Zankan” va “Olaqanot” mahallalari aholisi ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevarldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.

 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning statistika organlari faoliyatiga oid va boshqa turdagi savollariga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya