Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Andijon tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 4 360 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2 123 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 89 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 103 ta
Sanoatda – 517 ta
Qurilishda - 130 ta
Savdoda – 644 ta
Tashish va saqlashda – 46 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 106 ta
Axborot va aloqa – 25 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 87 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 465 taga to‘g‘ri keldi.