02/05/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Shahrixon tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 667 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 786 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 64 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 64 ta

 Sanoatda – 326 ta

 Qurilishda - 116 ta

 Savdoda – 560 ta

 Tashish va saqlashda – 49 ta

 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 65 ta

 Axborot va aloqa – 15 ta

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 65 ta

 Boshqa turdagi xizmatlar – 526 taga to‘g‘ri keldi.