30/04/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Oltinko'l tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 708 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 399 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 46 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 215 ta

Sanoatda – 520 ta

Qurilishda - 194 ta

Savdoda – 960 ta

Tashish va saqlashda – 65 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 128 ta

Axborot va aloqa – 30 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 89 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 507 taga to‘g‘ri keldi.