Joriy yilning 18-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari uchun Kibermakonda ma'lumotlar xavfsizligi mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda Raqamlashtirish va ma'lumotlarni saqlash markaz boshlig'i X. Axunov so'zga chiqib, yig'ilish qatnashchilariga raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish - kibermakonda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishga, kiberxujumlarni oldini olishga va xavfsiz onlayn muhit yaratishga yordam berishi to'g'risida tushunchalar berdi.