Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga Andijon viloyatida doimiy yashovchi aholi soni 3 474,1 ming kishi bo'lib, shundan Andijon shahrida 495,0 ming kishini (14,2%) tashkil etdi.
📊 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga o‘sdi.
♻️ Aholining gender va yashash joylari bo‘yicha tarkibi quyidagicha taqsimlangan:
Ayollar soni – 245,4 ming kishi
Erkaklar soni – 249,6 ming kishi
📌 Mazkur raqamlar Andijon shahri aholisi barqaror sur’atlarda ortib borayotgani hamda shaharlarda yashovchi aholining ulushi nisbatan yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Aholi sonining o‘sishi esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, hududda xizmatlar sohasi, infratuzilma va yashash sharoitlarining bosqichma-bosqich yaxshilanayotganidan darak beradi.