Select any text and click on the icon to listen!

14/04/2025

Andijon viloyatida umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha statistik ma’lumotlar yillik statistik hisobot – 1-umumta’lim shakli “Umumta’lim muassasasining hisoboti” asosida shakllantiriladi. Ushbu hisobotni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalari, boshqa vazirlik va idoralarning umumta’lim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar litsenziya asosida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar taqdim etadi. Umumta’lim muassasasining statistik hisobotida o‘quvchilar, bitiruvchilar, o‘qituvchilar soni hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Statistik ma’lumotlar respublika va hududlar kesimida taqdim etiladi. Yig‘ma ma’lumotlar ta’lim tizimi rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, ta’lim islohotlarini rejalashtirish, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida va boshqa xalqaro hisobotlar tayyorlash uchun foydalaniladi.

Select and listen