Joriy yilning 10-aprel kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.G‘ulomjonov hamda bo‘lim mutaxassislari ishtirokida Andijon davlat texnika instituti talabalari o'rtasida "Aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko'rish" yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Yig'ilish avvalida bo‘lim boshlig‘i B.G‘ulomjonov yig‘ilganlarga ushbu tadbirning asosiy maqsadi va dolzarbligi haqida talabalarga ma’lumot berdi. Mamlakatimizda 1989-yildan buyon ilk bor tashkil etilayotgan aholini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Yig'lish so'ngida Andijon davlat texnika instituti Iqtisodiyot yonalishi talabalariga Aholini ro‘yhatga olishning mazmun-mohiyatiga oid savollarga javob oldilar.