Select any text and click on the icon to listen!

10/04/2025

Andijon viloyatida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi o‘qituvchilarning asosiy qismini ayollar tashkil etgan – 77,2 % (35,2 ming kishi), erkaklar esa 22,8 % ni (10,4 ming kishi) tashkil etgan. Eng yuqori ayol-o‘qituvchilar ulushi Andijon shahriga ( 82,9 %) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Shahrixon tumanida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq bo‘lgan (69,7 %). O‘qituvchilarning eng katta qismi Andijon shahar (5,5 ming kishi) va Shahrixon (4,3 ming kishi) tumanida qayd etilgan, boshqa viloyatlarga nisbatan eng past ko‘rsatkichlar Xonobod shahar (0,5 ming kishi) hamda Ulug'nor (1,0 ming kishi) tumaniga to‘g‘ri kelgan.

 

Select and listen