Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) - milliy hisoblar tizimining asosiy koʻrsatkichi boʻlib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident - institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi.
🔍 Masalan: 2024-yilda Andijon viloyatida YAHM hajmi 90 522,1 mlrd so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6% ga o‘sgan.