Joriy yilning 10-aprel kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i N.G‘ To‘xtaboyev va Narx statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Qodirov bilan birgalikda Andijon shahrida «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi.
Kuzatuv jarayonida bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.