Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2025-yil yanvarfevral holatiga koʻra, 173,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 115,9 mln. AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 57,5 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etildi. Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ulushi, Rossiya Federatsiyasi (48,1 %), Qozog‘iston (30,8 %) hamda Qirgʻiz Respublikasi (13,3 %) bilan qayd etildi.