Andijon viloyatida 2025-yil yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi 3,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi meva-sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,2 martaga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 5,6 % ni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirg‘iz Respublikasi (51,5 %), Rossiya Federatsiyasi (22,4 %), XXR (16,0 %), Belarus (1,8 %) hamda BAA (1,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.