Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari sonini qo‘shgan holda, 2024-yil 1-yanvar holatiga Andijonda shifoxona muassasalari soni 179 tani tashkil etdi, bu esa 2020-yil 1- yanvarga nisbatan 30 tagacha oshgan.
2024- yil 1- yanvar holatiga shifoxona muassasalari sonining eng katta qismi Andijon shahri (70 ta), Paxtaobod (23 ta ) va Shahrixon tumanlariga (17 ta) to‘g‘ri kelgan boʻlsa, boshqa hududlarga nisbatan eng past koʻrsatkich Bo‘ston (2 ta) hamda Ulug‘nor (1 ta) tumanlarida kuzatilgan.
Yillar kesimida tahlil qilinganda:
🔸2020-yil – 149 ta
🔹2021-yil – 154 ta
🔸2022-yil - 157 ta
🔹2023-yil – 162 ta
🔸2024-yil - 179 tani tashkil etdi.