Select any text and click on the icon to listen!

07/04/2025

Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va o‘sish sur’ati

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 44 374,9 mlrd, so‘mni yoki 2023-.yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 26 103,9 mlrd so‘mni (102,7 %) chorvachilik mahsulotlari – 18 271,0 mlrd, so‘mni (103,7 %) tashkil qildi.

Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Asaka (4 449,6 mlrd so‘m), Jalaquduq (4 244,4 mlrd so‘m) va Paxtaobod (4 030,7 mlrd so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Xonobod shahri (234,9 mlrd so‘m), Andijon shahri (1 261,0 mlrd so‘m) va Ulug‘nor tumani (1 868,9 mlrd so‘m)ni keltirib o‘tish mumkin. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimida tahlil etar ekanmiz yuqori o‘sish sur’atlari Shahrixon (107,0 %), Baliqchi va Marhamat tumanlarida (104,8 %), Paxtaobod (104,3 %), Jalaquduq (103,7 %) tumanlarida qayd etildi. Qo‘rg‘ontepa (100,6 %), Andijon (101,2 %) va Ulug‘nor (101,4 %) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.

Select and listen