2025-yil 1-yanvar holatiga viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari 25 163 tani tashkil etdi, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 19 967 ta. Shuningdek, ushbu davrga 53 301 ta korxona ro'yxatdan o'tib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish surʼati 104,9 foizni tashkil etdi.