2025- yil yanvar-fevral oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 6 684,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,3 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 1 266,0 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
2024- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan (1 613,2 ming so‘m) 2025- yilning mos davrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 336,8 ming so‘mga yoki 10,0 % ga o‘sib, 1 950,0 ming so‘mni tashkil etgan.
2025- yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 907,9 mlrd so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 73,4 % ini, jumladan, 37,4 % ini kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etdi.