28/03/2025

2025- yil 1-apreldan 6-aprelgacha quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

 

1 апрель

1-transport Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida hisobot. Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar o‘z balansida yoki ijaraga olgan avtomobillari va xo‘jalik avtomobil yo‘llari bo‘lgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari), elektr transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.

1 akt (Internet) Axborot-kommunikasiya texnologiyalari to‘g‘risida hisobot. Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida (Internetni qo‘shgan holda) xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, (provayderlar, operatorlar, xosting markazlari va boshqalar), mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari.

1 aloqa Aloqa vositalari va xizmatlari to‘g‘risida hisobot. Aloqa xizmati ko‘rsatuvchi chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar, yuridik shaxslar (kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari) mobil aloqa operatorlari filiallari bo‘yicha viloyatlar kesimida.

1 logistika Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati to‘g‘risida hisobot. Logistika va transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.

1 turizm Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida hisobot. Sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish (jamoaviy joylashtirish vositalari) xizmatlarini ko‘rsatuvchi chet el sarmoyasi ishtirokidagi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari), zarur holatlarda ularning alohida bo‘linmalari.

1 kb Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti. Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar (dehqon va fermer xo‘jaliklari tashqari).

1 kb (qurilish) (1-kb shakliga ilova) Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida hisobot. Bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar.

1 kb (tif) (1 kb ga ilova) Eksport-import to‘g‘risida hisobot. Xizmatlar eksporti va importi hamda davlat chegarasini kesib o‘tmaydigan tovarlar eksport-import bilan shug‘ullanuvchi mikrofirma va kichik korxonalar.

1 kb (kommunal) (1 kb shakliga ilova) Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning hisoboti.

1 kb (qx) (1-kb shakliga ilova) Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar hisoboti.

1 kb (eko) (1-kb shakliga ilova) Atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarga ega, suv obyektlari va joy relyefini ifloslantiruvchi oqova manbalarga ega, toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar.

1 kb (akt) (Internet) (1-kb shakliga ilova) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisobot. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida, Internetni qo‘shgan holda xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar (provayderlar, operatorlar, xosting markazlari va boshqalar)

1 kb (logistika) (1-kb shakliga ilova) Logistika va transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar hisoboti

1 kb (tib) (1-kb shakliga ilova) Аholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mikrofirma va kichik korxonalar hisoboti.

3 апрель

1 oila Oilаlаr to‘g‘risidа hisobot. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman (shahar)lar kesimida yig‘ma hisobotni – Statistika organlariga.

1 moliya Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida hisobot. Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tijoratchi tashkilotlar bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, dexqon va fermer xo‘jaliklari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), ularning bo‘linmalari.

4 апрель

1-kb (tur) (1-kb shakliga ilova) Sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish (jamoaviy joylashtirish vositalari) xizmatlarini ko‘rsatuvchi chet el investitsiyalari va chet el kapitali ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar hisoboti.

5 апрельдан кечиктирмай
12-korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar.

12 korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot. Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari).

12 korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot. Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar.

6 апрельдан кечиктирмай

12 korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti. “Hududgazta’minot” AJ.

 

Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).