Yig'ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i N.To'xtaboyev hamda boshqarma va shahar, tuman bo'lim xodimlari ishtirok etdilar. Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqilib, nomzodlar birma-bir tanishtirildi va yakunda Andijon viloyati statistika boshqarmasi Kasaba uyushmasi qo'mitasining raisi sifatida Saidmaxmudov Akmal Maxmudovich nomzodi bir ovozdan ma'qullandi.