26/03/2025

Ro`yxatga olish muvaffaqiyatining kaliti, joylarda keng qo`lamli ma`lumotlar yig`ish amalga oshirilayotgan mamlakatlarda jamoatchilik tomonidan qo`llab – quvvatlanishi va hamkorligidir. Aholiga ro`yxatga olish va uning maqsadlarini tushuntirish uchun keng miqyosli reklama va axborot kompaniyasini o`tkazish tavsiya etiladi. Reklama kompaniyasi jamoatchilik bilan aloqalar, reklama va sotsiologiya sohasidagi mutaxassislar tomonidan oshirilganda, eng yaxshi samarani berishi mumkin. Ko`pgina  hollarda, bunday mutaxassislar Milliy Statistika Institutida (MSI) mavjud bo`lmagani uchun bu ishlarning ba`zilari yoki barchasini tashqi pudratchi tomonidan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`lishi mumkin. Reklama tadbirlari dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi:

a) Jamoatchilikni habardor qilish kompaniyasi;

b)Jamoalar bilan aloqa dasturi (yoki jamoalarni habardor qilish);

v) reklama kampaniyasi;

g) jamoatchilik fikrini monitoring qilish;

d) ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish, shu jumlanadan, ommaviy  axborot  vositalarini  monitoring 

Ma`lumotlarni yig`ish bosqichidan so`ng ro`yhatga olish natijalari haqida habardor qilish, to`plangan statistikani qanday ishlatilishini namoyish qilish va ro`yxatga olish uchun jamoatchilikka minnatdorchilik bildirish uchun ikkinchi axborot kompaniyasini o`tkazish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, yana bir bor jamoatchilikka shaxsiy hayotga aralashmaslik va maxfiylikni himoya qilish tamoyillariga qat`iy rioya qilish kafotlari berilishi zarur.