Andijon viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 25-mart kuni Andijon shahar Andijon davlat pedagogika institutida “Aholini royxatga olishga tayyorgarlik ko'rish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati Andijon viloyati statistika boshqarmasi ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshig‘i B.G‘ulomjonov, bo'lim bosh mutaxassisi B.Izbosarov, Andijon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor B.Sirojiddinov va talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga talaba yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi takidlab o‘tildi.