Tadbirda statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevarldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanganligi, Respublika statistika kengashi tashkil etilganligi va uning tarkibi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.