Andijon viloyati statistika boshqarmasida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi
Joriy yilning 28-fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevarldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:
Farmonga ko‘ra, 2025-yilda bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda umumiy maydoni 8,1 mln kv.m bo‘lgan 135 mingta xonadon quriladi, ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini kompensatsiya qilishga ajratiladigan subsidiyalar miqdori 1,5 baravarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 2,5 trln so‘m yo‘naltiriladi. 20,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratiladi. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish uchun arizalar 2025-yil 3-martdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.