Andijon viloyati statistika boshqarmasi Odob-axloq komissiyasining navbatdagi yig’ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 26-fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida boshqarma Odob-axloq komissiyasining ochiq yig’ilishi tashkil etildi. Tadbirda statistika boshqarmasi Odob-axloq komissiyasining raisi M. Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022-yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.
Shuningdek, tadbirda davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi, davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish, ularni “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantirish, xodimlarining kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini ta’minlash ishlarini yanada kuchaytrish lozimligi qayd etildi.
Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.