Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimida Respondentlar tomonidan so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi
Aholini ro‘yxatga olish davrida Respondentlar internet tarmog‘iga ulangan holda, shaxsiy kompyuterlaridagi web brauzerdan foydalanib, o‘zlari axborot tizimida joylashtirilgan so‘rovnomalarni kiritish imkoni bor. Respondentlar ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun aholini ro‘yxatga olish davrida internet tarmog‘idan foydalangan holda, ro‘yxatdan o‘tish uchun ajratilgan kunlarda so‘rovnomalarni o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda to‘ldirishlari kifoya qiladi. Respondentlar internet tarmog‘idan foydalangan holda ro‘yxatga o‘tgan bo‘lsalar, ro‘yxatga oluvchilar (Intervyuyerlar) tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tmaydilar.Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tiziming asosiy sahifasi Respondentlar ushbu manzilga murojaat qilganlarida, axborot tizimining asosiy sahifasi web brauzerda yuklanadi. Ushbu sahifada Respondentlar tegishli bo‘limlarga murojaat qilganlarida, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish mumkin