23/01/2025

     Joriy yilning 23-yanvar kuni Ulug'nor tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Aholini ro‘yhatga olishning ahamiyati" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

     Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi ro’yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi bosh mutaxassisi B.Izbosorov va Ulug'nor tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

     Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

     Shuningdek, aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi takidlab o‘tildi.