20/01/2025

     Andijon viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuni Andijon shahar 3-sonli kasb-hunar maktabida “Aholini royxatga olishga tayyorgarlik ko'rish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

     Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.