17/01/2025

     Joriy yilning 17-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaхsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.

     Mazkur Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritildi, jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladi, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati berildi, tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.