16/01/2025

     Joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon shahar 47-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Aholini ro‘yhatga olishning ahamiyati" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Seminarda Andijon viloyati Statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi mutaxassislari va Andijon shahar 47-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchilari hamda o'quvchilari ishtirok etishdi.

     Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

     Shuningdek, aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi takidlab o‘tildi.