Joriy yilning 10-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi bilan birgalikda seminar tashkil etildi.
Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbisari D. Yangiyev, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari va 2025-yil uchun tanlovga tushgan Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar o‘tkazishdan asosiy maqsad 2024-yil 23-maydagi qo‘shma qaror ijrosini taminlash, uy xo‘jaliklari kuzatuvlari o‘tkazishda tanlovga tushgan uy xo‘jaliklariga intervyuyerlarni tanishtirish, hamda kuzatuvni maqsad va mohiyatini tushuntirishda mfy xodimlari ishtirokini taʼminlash orqali ishonchlilikni oshirish va bu bilan kuzatuv natijasida olinadigan maʼlumotlarning yanada sifatli va xaqqoniy bo‘lishiga qaratilgan edi.