10/01/2025

     Joriy yilning 10-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-229-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan  mavzuda ma’ruza qildi.

     Mazkur Farmon bilan 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi belgilandi. 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-galantereya sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari xodimlarning umumiy sonining kamida 15%ini Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning a’zolari tashkil etsa, har oyda har bir xodimning ish haqi kamida MHEKMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblansa, soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-galantereya mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 90%ini tashkil etsa, ushbu subyektlar foyda solig‘i va ularning xodimlaridan olinadigan jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari 1% miqdorida belgilanadi. 2025-yil 1-apreldan farmasevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar daromadlaridan qat’i nazar QQS to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.