2024-yilning 1-dekabr holatiga ko'ra viloyatda mas'uliyati cheklangan jamiyatlar soni 19 306 tani tashkil etdi.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo'ldi: savdo – 37,9 foiz, sanoat – 21,1 foiz, qurilish – 8,9 foiz, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida – 5,9 foiz.