Joriy yilning 27-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida yangi yil tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshlig'i N.G‘.To’xtaboyev barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, statistika sohasini rivojlantirishdagi samarali va fidokorona mehnati, o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun bir qator xodimlarni tashakkurnoma va Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan yangi yil sovg‘alari tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarga topshirildi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasining ahil jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!