Select any text and click on the icon to listen!

20/12/2024

     Joriy yilning 20-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-deabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-431-sonli Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:

     Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishda qo‘llaniladigan imtiyozlar (subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash) faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan yoki dilerlar orqali sotib olinadigan texnikalarga tatbiq etiladi.

     Shuningdek, yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi axborot-izlash tizimi (LexUZ tizimi) haqida ham ma’lumotlar berilib, ushbu tizim normativ-huquqiy hujjatlarni oson hamda qulay shaklda izlash va ular bilan tanishish imkonini berishi ta’kidlandi.  LexUZ tizimining maqsadi – yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta’minlash orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatni huquqiy axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishdir. Xodimlarga ushbu tizim bo‘yicha tushuntirishlar berilib, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish tavsiya etildi.

Select and listen