Joriy yilning 12-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida Andijon Iqtisodiyot va Qurilish Instituti talabalari 2024-2025 o’quv yili rejasiga ko’ra, auditoriyada olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayoni bilan uzviy bogʻliqlikda mustahkamlash maqsadida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Shuningdek, viloyat Statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Yusupov tomonidan Andijon Iqtisodiyot va Qurilish instituti professor o'qituvchilari hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, ularga tashkilot ish faoliyati, ichki tartib qoidalari, statistik hisobotlar va kuzatuvlarni o’tkazish bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.