Andijon viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshlig'i B.G'ulomjonov tomonidan joriy yilning 13-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakultetida “Aholini royxatga olishga tayyorgarlik ko'rish” mavzusida davra suhbati o‘tdi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boʻlimi mutaxassislari, institut oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, respublikamizda aholini roʻyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi.



