14/12/2024

 Kadastr agentligi aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini asosiy aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur kartografik materiallar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ma’muri hududiy birliklar chegaralariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda mazkur hududlarning xaritalarini oxirgi o‘zgarishlar asosida qayta taqdim etadi.

Aholini ro‘yxatga olish uchun kartografik materiallar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy xaritalari;

tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy xaritalari;

shaharlar, shaharchalar, qishloq va ovullar hamda mahallalarning sxematik rejalari.

Aholini ro‘yxatga olishdan oldin uy-joylar ro‘yxati tuzib chiqiladi. Agentlikning hududiy statistika organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 1 000 ta uy-joyni qamrab oladi. Uy joylar ro‘yxatini tuzuvchilar (keyingi o‘rinlarda registratorlar) sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 10 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi. Har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga registratorlar biriktiriladi. Registratorlar faoliyatini tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.