2024-yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bo‘yicha 424,3 mln. AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 45,4 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3,1 % ga ortdi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (54,8 %), ip kalava (31,7), trikotaj mato (12,7 %) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 382 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 30 ta davlatiga eksport qilindi.